Boburning eng yaqin avlodlari qayerda yashaydi?
O‘zA muxbiri «Bobur» xalqaro jamoat fondi direktori Zokirjon Mashrapov bilan suhbatlashdi.
Suhbat jarayonida ayni paytda Bobur avlodlari dunyoning qaysi mamlakatlarida yashashiga oydinlik kiritilgan.
Z.Masharipovning aytishicha, bugungi kunda Zahiriddin Muhammad Boburning eng yaqin avlodlari Hindistonda, Pokistonda, Angliyada va Haydarobodda istiqomat qilishadi. Kimlar bular?
Pokiza Sultonbegim yangi Dehlida yashaydi. Markaziy kutubxonani bir necha yillar boshqargan. Uning singlisi Tohira Sultonbegim Angliyada istiqomat qiladi. Shoiraning bir necha kitoblari chop etilgan. Ushbu kitoblarning namunalari mamlakatimizdagi «Bobur va jahon madaniyati qo‘lyozma asarlari» muzeyida ham saqlanadi.
Laylo Ummaxonim 5 nafar farzandlari bilan Haydarobodda yashaydi. Bobur avlodiga mansub bo‘lgan bu oilaning Abror ismli vakili Toshkent davlat texnika universitetida Bobur Xalqaro Jamoat fondi homiyligida 5 yil tahsil olgan.
Bundan tashqari, Zahiriddin Muhammad Boburning hammaslagi, ishongan sarkardasi bo‘lgan Xo‘ja Kalonning qabri ham topilgan. Sarkarda Qirg‘izistonning Qorasuv tumanidagi, tabiati g‘oyat go‘zal bo‘lgan, purviqor tog‘lar orasiga dafn etilgan. Xo‘ja Kalon Bobur hukmronligi davrida Qobulda, Qandahorda va yana bir qancha hududlarda hokim bo‘lgan. Hindiston zafarida ham Boburning eng jasur, ishonchli, donishmand qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan.
Joriy yilning 14-fevral kuni Andijon viloyati Andijon shahrida davlat va jamoat arbobi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Mazkur konferensiyaga qo‘shni mamlakatlardan ham boburshunos olimlar va mehmonlar kelishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter