Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes ombdusman tashabbus bilan chiqdi

Biznes ombdusman tashabbus bilan chiqdi

Respublikamizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoni ham hududlarda xodimlar va tadbirkorlik  subektlari o‘rtasida «Birgalikda daraxt ek» tashabbusi bilan chiqdi.

Bu tashabbus doirasida Toshkent viloyatida «Metall Center» jamoasi bilan Bo‘stonliq tumanidagi «Sharq baligʻi» MCHJ tegishli hududda  60 dan ortiq manzarali daraxtlar ekildi.

Shuningdek, viloyatda 28-29 oktyabr kunlari loyiha doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan  umumxalq hashariga tayyorgarlik jarayonida Vakil devoni xodimlari bilan birgalikda Ohangaron tumanidagi «NATURE GROW» va  «Tekos» ma’suliyati cheklangan jamiyatlari ishlab chiqarish korxonalariga tutash hududga 200 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ekish uchun  joy tayyorlandi, deyiladi Biznes Vakil devoni matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring