«Birovning xotini bilan ushlangan uchastkovoy» ishdan haydaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Uchastkovoyni birovning xotini bilan ushlashdi» izohi bilan video tarqalgani haqida yozgandik.
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor A.Ikromov nazoratida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, voqeaga oydinlik kiritildi, deb xabar berdi Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.
Surishtiruv davomida G‘allaorol tumani IIB 2-sonli IIB JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori J.X.ning bir necha nafar shaxslar bilan kelishmovchiligi yuzaga kelgan.
Kapitan J.X.ning ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi hamda IIOda xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning bir qator bandlarini buzganligi aniqlanib, u ichki IIO xizmatidan bo‘shatildi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, G‘allaorol tumani IIBning 4 nafar rahbar xodimiga, profilaktika inspektorining faoliyati ustidan yetarli nazorat o‘rnatmaganliklari uchun, intizomiy choralar qo‘llanilgan.
Voqeadagi ayrim ishtirokchilar xatti-harakatlarida O‘zR Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ayrim moddalarida ifodalangan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish va qonuni qaror qabul qilish uchun, Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumani sudiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter