Mustaqillik bayrami «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» shiori ostida o‘tadi
«O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-264-son, 18.07.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Mustaqilligimizning 33 yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinadi hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish sur’atlariga munosib tarzda nishonlanadi.
Tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.
Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.
«Ona diyor — ranglar jilosida», «Vatan uchun yashaylik!», «Eng ulug‘, eng aziz» kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter