Bilasizmi: energetik ichimliklar bo‘yicha keskin cheklovlar mavjud
Bilasizmi: energetik ichimliklar reklamasi borasida qator talablar mavjud.
Jumladan, energetik ichimliklarning reklamasida, har bir holda, bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak.
Energetik ichimliklarning reklamasi:
- energetik ichimliklarni iste’mol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi;
- sportda yutuqlarga erishgan insonlarning tasvirini o‘z ichiga olmasligi;
- energetik ichimliklarni iste’mol qilish reklamadan foydalanuvchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter