Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemirda deputat tashabbusi bilan yo‘llar holati yaxshilanmoqda

Bektemirda deputat tashabbusi bilan  yo‘llar holati yaxshilanmoqda

Foto:«Adolat SDP»

Bektemir tumanidagi «Bektemir»  MFYda O‘zbekiston «Adolat»  SDP tuman deputatlik guruhi va hamkor tashkilotlar sa’y-harakati bilan ichki yo‘llarga shag‘al yotqizilib, asfaltlashtirilmoqda, deya yozmoqda «O‘zA» .

Foto:«Adolat SDP»

– Mazkur ko‘chalardagi ichki yo‘llarni kapital ta’mirlash uchun Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tizimidagi «Toshkent ko‘priklardan foydalanish»  unitar korxonasi bosh pudratchi etib belgilandi, – deydi «Toshkent ko‘priklardan»  unitar korxonasi brigadiri Abdug‘affor Abdullayev. – Hozirda bu yerda maxsus texnika yordamida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar «Ixlos»  ko‘chasi to‘liq asfalt qilinib, «Olmos»  ko‘chasida asfaltbeton qoldiqlarini kesish hamda yo‘l asosini qurish ishlari bajarilib, asfalt yotqizildi. Shu bilan birga atrofni obodonlashtirish ham rejalashtirilgan.

Foto:«Adolat SDP»

– Aholining har bir murojaat va taklifini e’tiborga olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amaliy yordam ko‘rsatish biz, deputatlarning asosiy vazifamizdir, – deydi xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston «Adolat»  SDP tumani kengashi raisi Suyun Ashurov.

S.Ashurov nafaqat aholi murojaatlari, balki Toshkent shahridagi yo‘l-patrul xizmati inspektorlari faoliyatidagi mavjud muammolarni ham o‘rganishga kirishdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring