Bank nomidan 4.000.000 so‘m berilishi haqidagi xabarlar bo‘yicha ogohlantirish berildi
Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki nomidan zararli havola orqali tarqatilayotgan «O‘zbekiston Milliy banki tomonidan davlat subsidiyasi. Anketa ma’lumotlarini kiritish orqali Sizda 4.000.000 so‘m olish imkoniyati bor» mazmunidagi xabarlar tarqatildi.
IIV Kiberxavfsizlik markazi ushbu xabarlarga aslo ishonmaslikni, ular yolg‘on ekanini ma’lum qildi.
«Noma’lum manzildan kelgan havolaga kirmang, reklama qilinayotgan tashkilotning rasmiy manziliga murojaat qilib, ma’lumot oling.
Ehtiyot bo‘ling, firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang.
E’tiborli bo‘ling, firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter