Bahrom Almatov lavozimidan ozod etildi
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yurtimizda sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini boshqarish samaradorligini yanada oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Vazirlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi kiritildi.
«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Bahrom Almatov lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter