«Tushuning, vaksina — epidemiologik vaziyatni barqarorlashtiruvchi asosiy omil emas» – Bahrom Almatov
Avval ma’lum qilinganidek, AOKA huzuridagi shtabda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Agar virusga qarshi vaksina zarurati paydo bo‘lsa, O‘zbekistonda shunday vaksina yaratish imkoniyati yetarlimi, degan savolga Bahrom Almatov shunday javob qaytardi:
– Ijtimoiy tarmoqlarda vaksina haqida juda ham qiziqarli ma’lumotlar berilyapti. Lekin bir narsani to‘g‘ri tushunish kerakki, vaksina yaratilgan holatda ham, dunyodagi 8 milliarddan ortiq aholini to‘liq emlab chiqish 1-2 yillik ish emas.
Vaksina bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlarga haddan tashqari qiziqish bilan qarashimiz maqsadga muvofiq emas. Agar vaksina yaratiladigan bo‘lsa ham, O‘zbekistonda ishlab chiqarish masalasi — bu kelajak masalasi.
O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Agar vaksina yaratilgandan keyin bunday ixtisoslashgan korxonalarning O‘zbekistonda tashkil qilish zarurati tug‘ilsa — bu keyingi masala hisoblanadi.
Xalqimizdan iltimos qilgan bo‘lardim, tushuning, vaksina — bu epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirishning asosiy omili emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter