Xorazmdagi bemorda takroriy tekshiruvda koronavirus tasdiqlanmadi
AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov onlayn brifingda koronavirus kasalligi Toshkent shahridan tashqari Xorazm viloyatida ham qayd etilganini ma’lum qilgandi.
Bahrom Almatovning efirdan so‘ng ma’lum qilishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini ko‘rsatgan va koronavirus bemorlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Takroriy tekshiruvda, ya’ni boshqa test tekshiruvi natijasida esa unda koronavirus tasdiqlanmagan.
Ayni vaqtda u karantinda saqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter