Atrof-muhitni ifloslantirganlarni fosh qiluvchi veb-portal yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Qaror matni O‘zAda keltirilgan.
Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-sentyabrga qadar aholiga atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus veb-portalni yaratish hamda har bir xabar berilgan holat bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish tizimi joriy qilinadi.
Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida mazkur sohada davlat-xususiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida mamlakat hududlari kesimida aholi yashash punktlari, yashovchi aholi va mavjud konteynerlar sonini ko‘rsatgan holda barcha chiqindi to‘plash shoxobchalari joylashishining elektron xaritasini ko‘rsatuvchi sahifa ochilishini ta’minlash vazifasi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter