Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning 12 shtati Baydenga qarshi chiqishmoqda

AQShning 12 shtati Baydenga qarshi chiqishmoqda

Foto: «Tass.ru»

12 shtat ma’muriyati AQSh prezidenti Jo Baydenning aholi salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi farmoniga qarshi chiqishmoqda. Shtatlar vakillari davlat rahbarining qarori aholi uchun katta pul yuklamalarini keltirib chiqaradi, deb hisoblashmoqda. Bu haqda «The Hill» xabar berdi.

Respublikachilar boshchiligidagi shtatlar da’vo qo‘zg‘agan: Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmitt uni sudga yuborgan bo‘lsa, Arkanzas, Arizona, Indiana, Kanzas, Montana, Nebraska, Ogayo, Oklaxoma, Janubiy Karolina, Tennesi va Yuta hukumati esa uni qo‘llab-quvvatlagan.

Birinchi navbatda, da’vo mualliflari Bayden farmonida mavjud bo‘lgan pul miqdorini tanqid qilishmoqda. Unga ko‘ra is gazlari chiqindilari jamiyatga 9,5 trillion dollarga tushmoqda.

«Bu qishloq xo‘jaligi, elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish yoki boshqa har qanday iqtisodiy faoliyatda tartibga solishning ulkan o‘sishini asoslash uchun yetarlicha katta raqamlar hisoblanadi», — deya ta’kidlashdi mualliflar. Ular demokratlar hokimiyati ko‘pgina jabhalarda amerikaliklarning hayotiga aralashishidan xavotirda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring