Arxiv boshlig‘iga jazo tayinlandi
Qiziriq tuman shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi boshlig‘i R.Nodirov binoyidek ishlab yurgandi. Arzimagan pul (pora!) sabab bir zarbda shuncha yillik faoliyatiyu obro‘-izzatidan mosuvo bo‘ldi-qo‘ydi.
2018-yilning avgust oyi boshlarida nafaqaga chiqish uchun ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishini so‘rab kelgan S.Jumayevaga «shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi ko‘chayotganligi va boshqa xarajatlari ham borligi, 300 ming so‘m bergan taqdirda, unga ushbu ma’lumotnomani hal qilib berishi»ni aytadi. S.Jumayeva qarz ko‘tarib, talab qilingan pulni beradi. Va... u yog‘i ma’lum: arxiv boshlig‘i «poraxo‘rlik» ayblovi bilan javobgarlikka tortildi-ketdi...
Yaxshi bo‘lish qiyin, yomon bo‘lish uchun bir necha lahza kifoya.
Mazkur jinoyat ishining bayoniga sanoqli daqiqalar yetib ortdi. Biroq bu daqiqalar bir inson umriga tamg‘a bo‘lib tushishini ayting...
Umrimizni yelga sovurmaylik, u bir marta beriladi.
B.Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qiziriq tuman sudi raisi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter