Mirziyoyevning AQShga safari, O‘zbekistonda zilzila, Eron va Isroil urushi, test sinovlaridagi yangilik, Tramp va Kim Chen In uchrashuvi, maktabga sig‘mayotgan zangiotalik bola va boshqa xabarlar
Bugun, 10-may kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning AQShga safari sanasi ma’lum bo‘ldi
Vashingtonda davlatimiz rahbari, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Jamiyat
Fotoreportaj: xalq bilan to‘lib-toshgan Xalqlar do‘stligi
«Xabar.uz» fotomuxbiri Farrux Aliyev kecha, 9-may kuni yangitdan qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan Xalqlar do‘stligi maydonidan fotoreportaj tayyorladi.
Sigiringizning pasporti bormi?
Chorvasini identifikatsiya qildirmagan fuqaro javobgarlikka tortiladi.
Video. 9-may kuni otilgan bayram shou-salyuti
«Navro‘z» maydonida to‘plar va salyut qurilmalari uchun maxsus o‘t ochish pozitsiyalari jihozlangan bo‘lib, artilleriya tizimlari va ishga tushirish qurilmalaridan jami 42 ta salyut otildi.
«Yoshlar» telekanali atrofidagi mojaro: telekanal manba ko‘rsatmagan edimi? (video)
Maqolada «Troll.uz» loyihasi asoschisi Umid G‘ofurov mualliflik huquqini buzganligi uchun «Yoshlar» telekanali uzr so‘rashi lozimligi, aks holda sudga bermoqchi ekani bayon etilgan edi.
Endi bayram salyutlari bir nechta joylarda otiladi
Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan kelgusi bayramlarda otiladigan mushaklarning sifatini va go‘zalligini, zamonaviy shakllarda aks etishini xalqaro darajaga ko‘tarishni va otiladigan mushaklarning sonini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.
Majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llash topshirildi.
«Do‘rmon» ijod uyida bir sutkadan beri chiroq yo‘q
Bir qarashda unchalik vahimali emasdek tuyuladi, ko‘p joylarda chiroq bo‘lmasligi tabiiy holga aylangan. Ammo yozuvchilar uyida baribir chiroq o‘chmasligi kerak, ayniqsa, ularda hamma narsa tok bilan ishlasa.
Hodisa
Samarqanddagi maktabda fojia. Mutasaddilar ishdan olindi
71-maktabning orqa qismida joylashgan nosoz darvozasi butunlay olib tashlangan va uning o‘rniga g‘isht terilgan.
Bekobodda «Neksiya» haydovchisi rulda uxlab qoldi. Qurbonlar bor
IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, boshqaruvsiz qolgan mashina simyog‘ochga borib urilgan.
Chilonzorda noma’lum shaxslar «inomarka»ni yoqib yubordi (video)
Mashina o‘t o‘chiruvchilar kelguncha butunlay yonib ketgan.
Bugun, 10-may kuni soat 19:11 da Toshkentda yana zilzila kuzatildi.
FVV bugungi zilzila haqida rasmiy ma’lumot berdi
Ma’lumotda aytilishicha, zilzila Toshkentdan 520 kilometr janubiy-sharqda, Afg‘onistonda kuzatilgan. Magnituda — 6 ball.
Huquq
Afv etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi
Nizomga muvofiq afv etish Prezident tomonidan turli shakllarda amalga oshiriladi.
Ta’lim
Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida yangi institut tashkil etildi
2018/2019-o‘quv yilida institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Bu yilgi test sinovlari qanday tartibda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Ko‘rsatuvda ekspert sifatida qatnashgan bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z xulosalari bilan «Telegram»dagi kanalida o‘rtoqlashdi.
Iqtisodiyot
Dehqonlar piyozning ulgurji – dala boshidagi narxi hozir 300 so‘mligini aytib berishdi. Bu esa dehqon piyozni yetishtirishga sarflagan xarajatining yarmi tugul uchdan birini ham ololmaydi degani. Shuning uchun mahsulotni yerdan qazib olish xarajatini ko‘tarolmagan dehqon uni hatto yerda qoldirishga majbur bo‘ladi.
Texnologiya
Rasman: «ZTE» smartfonlar savdosini to‘xtatdi
Ekspertlar fikricha, «ZTE» AQSh va Xitoy o‘rtasidagi «yangi sovuq urushi»ning ilk qurboniga aylanishi mumkin.
Dunyo
Eron va Isroil bir-birini bombardimon qildi, jabrlangan Suriya (video)
Isroil armiyasi mudofaa vaziri matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati ushbu voqeani «Eronning hujumi» sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Asad: «Rossiya dunyoni uchinchi jahon urushidan saqlab qoldi»
«Aynan Rossiya hukumatining aqlli tadbirlari tufayli yana bir jahon urushining oldi olindi», — degan Asad.
Olmaota va Ostonadagi noroziliklar ommaviy hibslar bilan davom etmoqda (video)
Politsiya vakillari yuz bergan hodisalarga izoh bermadi, Ostonadagi politsiya xodimlaridan biri izoh «keyinroq bo‘lishi»ni aytdi. Olmaotada politsiya xodimlari izoh uchun ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga murojaat qilish lozimligini aytishdi.
Tramp Kim Chen In bilan qachon va qayerda uchrashishini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashadigan mamlakat nomi va sanasini e’lon qildi.
Tavsiya qilamiz
Bir muammo izidan. Zangiotalik bolakayni nega maktabga qabul qilishmayapti?
Shunday kunlarning birida yarim kechasi akam mast holatda kirib keldi-da, «Ertaga men bilan notariusga borasan-da, ikkita qog‘ozga qo‘l qo‘yasan, agar qo‘l qo‘ymasang, bolangni o‘ldiraman», deb qo‘rqitdi. Ochig‘i, bu uning qo‘lidan keladi. U hech narsadan tap tortmaydi. O‘sha paytlar qamoqdan chiqqan vaqtlari edi. Yakkayu-yagona suyanchig‘im bo‘lgan farzandimni yo‘qotishni istamadim.
Tez-tez yer qimirlashi katta zilzila bo‘lishini anglatadimi?
Dastlab 4-may kuni magnitudasi 4,3 ballga teng bo‘lgan zilzila Toshkentdan uzoqligi 143 kilometr masofada qayd etilgan bo‘lsa, kecha, 9 may kuni 3 balli yer qimirlashi butun respublikani xavotirga soldi. Oxirgi zilzila bugun, 10-may kuni soat 19.10 da sodir bo‘ldi. Shukrki bu zilzilalarning barchasi betalafot o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter