AQShdagi «Ozodlik» haykali mehmonlar uchun yopildi
AQShdagi milliy bog‘ va muzeylarning uchdan bir qism faoliyati to‘xtatildi. Jumladan, «Ozodlik» haykali ham mehmonlar uchun yopildi. Bunga AQSh federal hukumatida moliyaviy ta’minotning yo‘qligi sabab bo‘ldi.
Manxettenda mazkur manzillarning vaqtinchalik yopilishi to‘g‘risidagi tabloidlar paydo bo‘ldi. Bu haqda «AiF» xabar berdi.
Senatdagi demokratlar qonun loyihasida muhojirlar bilan bog‘liq masalalar o‘zgarishlarni talab qilgani bois, budjetni qabul qilishning oldini olishdi. Bu esa federal hukumat ishining to‘xtatilishiga olib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter