Anvar Oripov yangi lavozimga tayinlandi
Surxondaryo viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Oripov Anvar Xomitovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, u Qiziriq tumani hokimi etib tayinlangan.
A.Oripov 1985 yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010 yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, «O‘zagroeksport» AJ, Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan hamda mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rajabov esa Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter