Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antarktidada dengiz muzliklari shiddat bilan erimoqda

Antarktidada dengiz muzliklari shiddat bilan erimoqda

Arktika va Antarktida tadqiqot instituti olimlari Antarktidada dengiz muzliklari 1979-yildan beri eng quyi miqdorgacha kamayib ketganini ma’lum qildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

«So‘nggi 44 yil ichida dengiz muzining rekord darajada pastlagani qayd etildi», — deyiladi nashrda.

Xavotirlarga ko‘ra, dengizlar shiddat bilan erimoqda, bunga global isish sabab bo‘lmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning fevral oyi oxirida Antarktida dengizlari muzining maydoni taxminan 1,8 million kvadrat kilometrni tashkil etdi. Qor qoplamining yozgi erishidan keyin muzlar asosan Ueddell va Amundsen dengizlarida qoldi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yilning fevral oyida Antarktida dengiz muzining 1,92 million kvadrat kilometrini tashkil etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring