Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anomal issiqda ekinlarni saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar

Anomal issiqda ekinlarni saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar

Foto: Xabar.uz

Bugun AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda anomal issiq ob-havo sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash borasida ma’lumot taqdim etildi.

Jumladan, issiq haroratning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida quyidagi tadbirlar tavsiya etiladi:

Birinchidan, kultivatorlarni to‘liq ishga jalb qilish, ishchi organlarini to‘ldirish va baliq sirti qilib o‘ragan holda, ertalab va kechki soatlarda ishlashini tashkil etish;

Ikkinchidan, tumanda mavjud barcha purkagichlarni (OVX-600, VP-1, shtangali Appolon) kechki soat 19:00 dan keyin ertalab 7:00 gacha ishlashini tizimli tashkil etish;

Uchinchidan, barcha texnikalarni va fekalovozlarni jalb qilgan holda, tizimli ravishda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish va ekskrement (go‘ng-navoz) chiqarishni tashkil etish.

Hududlardagi chorvachilik, parrandachilik va qo‘ychilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida to‘plangan mahalliy o‘g‘itlar sug‘orilayotgan dala maydonlariga bepul olib chiqiladi. 

To‘rtinchidan, joylarda mavjud suv shtablarida suvdan samarali foydalanishni tashkil etish;

Beshinchidan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvchilar sonini kamida 2-3 martaga oshirish, ularga dalada barcha sharoitlarni yaratish va tungi sug‘orishga alohida e’tibor berish;

Oltinchidan, sug‘orilayotgan har bir maydon “sharbat usulida” sug‘orilishi, sug‘orishni qisqa o‘q ariqlardan foydalangan holda hamda mavjud egiluvchan quvurlar orqali amalga oshirish;

Yettinchidan, mikroiqlim hosil qilish va zararkunandalar keng tarqalishining oldini olish maqsadida, imkon qadar dala atroflariga suv sepish uchun barcha mashina va agregatlarni jalb etish;

Sakkizinchidan, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan g‘alla maydonlarda ekilgan takroriy ekinlarni ushbu suv tejovchi uskunalarni qo‘llagan holda, sug‘orish ishlari o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring