Andijonda yangi IT-texnikum ochildi
Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qo‘shadigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jumladan, Andijon viloyati Andijon tumanidagi Mashinasozlik texnikumi negizida “Andijon axborot texnologiyalari texnikumi” tashkil etildi.
Viloyat mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, AT-texnikumning bino va inshootlari rekonstruksiya qilindi, hududlari obodonlashtirishtirildi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar natijasida 150 o‘rinli yotoqxona tashkil etilib, qayta jihozlandi va foydalanishga topshirilishga tayyor holatga keltirildi, shuningdek, 2 ta kompyuter sinf xonalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, 40 ta monoblok jamlanmasi va mebellar bilan ta’minlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash uchun tashkil etilgan texnikumga 2021/2022 o‘quv yilida talabalarni qabul qilish bo‘yicha 540 ta kvota ajratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter