Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yangi GES ishga tushdi

Andijonda yangi GES ishga tushdi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan qayta modernizatsiya qilingan Shahrixon gidroelektrostansiyalar kaskadi tarkibidagi Janubiy Farg‘ona kanali GES1 stansiyasi foydalanishga topshirilgan.

Ushbu GES 1956-yilda Janubiy Farg‘ona kanalining o‘ng qirg‘oqidagi PQ 144+00 belgisi hududida qurilgan. Uning vazifasi JFKda oqib kelayotgan suvni kerakli miqdorda derivatsiya kanali orqali GESga o‘tkazishdan iborat. Derivatsiya kanali soniyasiga 26 m.kub suv qabul qilish qobiliyatiga ega. So‘nggi marotaba 1978-1979-yillarda rekonstruksiya qilingan.

— Modernizatsiyaning asosiy maqsadi GESning elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini oshirish, elektrotexnik, gidromexanik va gidrotexnik qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlashdan iboratdir, — degan «Gidroloyiha» aksiyadorlik jamiyati direktor o‘rinbosari, loyiha bosh muhandisi Safar Xolmo‘minov. — Loyihaning umumiy quvvati 2,2 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektroenergiya ishlab chiqarish 17,1 mln. kVt.soatga teng. Bu o‘rtacha to‘qqiz yarim mingdan ortiq aholini uzluksiz elektr bilan ta’minlashi, shubhasiz.

Jamiyat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu GESda modernizatsiya ishlari o‘tgan yilning yanvar oyida boshlangan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 5,81 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish uchun 2018-yilda e’lon xalqaro tender savdolari e’lon qilingan.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng ramziy tugma bosilib, GES kaskadi ishga tushirilgan va eng ilg‘or texnologik uskunalar yordamida gidroenergetik inshoot dastlabki kilovattlarni ishlab chiqara boshlagan.

Shuningdek, tadbir doirasida AJ tomonidan tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 23 nafar farzandlariga xatna to‘ylari o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring