Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ham katta bayroq o‘rnatildi

Andijonda ham katta bayroq o‘rnatildi

Andijon shahrida balandligi 64 metr bo‘lgan O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bayroq uzunligi 14, eni 7,5 metrga teng. Uning og‘irligi esa 33 kilogrammni tashkil etadi.

Yaqinda Guliston shahrida balandligi 65 metr bo‘lgan katta bayroq o‘rnatish boshlangandi. Bugungi kunda Sirdaryo viloyatidagi eng ulkan bayroq (balandligi 35 metr, hajmi 12 metrga 6 metr) Shirin shahrining bosh maydoniga o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, hozir eng ulkan bayroq Toshkentda bo‘lib, balandligi 65 metr, Buxoroda esa 60 metrli o‘rnatilgan. Shuningdek, 35 metrli bayroq Namangan shahri va Qorako‘l tumanlariga ham o‘rnatilgan. Samarqand shahrida o‘rnatilgan bayroq balandligi 30 metrni tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring