Amal qilsa, arziydi: mashhur kishilarning kun tartibi qanday bo‘lgan?
Ma’lumki, kun tartibining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi ishning samaradorligini oshiradi. Xo‘sh, buyuk insonlar bu tartibga qanchalik rioya qilishgan?
Pyotr Chaykovskiy, bastakor
8:00. Uyg‘onish va nonushta.
9:00. «Injil»ni o‘qish.
9:30. Musiqa yozish.
12:00. Tushlik. Aytishlaricha, Chaykovskiy ovqatlarning mazasini unchalik farqlolmagani bois unga berilgan har ovqatni maqtab-maqtab iste’mol qilgan.
14:00. Sayr. Chaykovskiy har qanday ob-havoda ham sayr qilgan. U sog‘liq uchun sayr juda foydali ekanini yaxshi bilgan va unga qat’iy rioya qilgan.
16:00. Tushdan keyingi ovqatlanish va kunlik gazetalarni o‘qish.
17:00. Sayrning ikkinchi qismi.
19:00. Dam olish.
20:00. Kechki ovqat.
21:00. Mehmonlar bilan qarta o‘ynash.
23:00. Uyquga yotish.
Charlz Darvin, olim
7:00. Uyg‘onish, nonushta va ertalabki sayr.
8:00. Ish.
9:30. Xatlarni o‘qish.
10:30. Ish. Shu bilan ish vaqti tugagan.
12:30. Do‘sti Polli bilan sayr qilgan.
13:30. Tushlik.
14:30. Gazeta va xatlarni o‘qish.
15:00. Dam olish.
16:00. Xonasini tartibga keltirish.
17:30. Dam olish.
18:00. Kitob o‘qish.
20:00. Kechki ovqat. Darvin kechasi juda kam ovqat tanovul qilgan. Odatda kichik bo‘lak go‘sht va tuxum bilan kifoyalangan.
21:00. Kitob o‘qish.
22:00. Uyquga yotish.
Immanuil Kant, faylasuf
4:45. Uyg‘onish, nonushta.
5:30. Falsafiy asarlar yozish.
7:00. Dars berish. Kant mantiq, falsafa, etika, geografiya fanlaridan dars bergan.
11:00. Tushlik va sayr. Kant kuniga bir marta ovqatlangan.
15:30. Do‘stlar va hamkasblar bilan uchrashuv.
20:30. Kitob o‘qish.
22:00. Uyquga ketish.
Volfgang Amadey Motsart, bastakor
6:00. Uyg‘onish va nonushta.
7:00. Musiqa yozish.
9:00. Dars o‘tish.
13:00. Tushlik, kelgan mehmonlarni kutib olish.
17:00. Konsert yoki musiqa yozish.
21:00. Uchrashuv. Motsart ishi ko‘p bo‘lishiga qaramay, har kuni bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini ko‘rish uchun vaqt ajratgan.
23:00. Musiqa yozish.
1:00. Uyquga yotish.
Onore de Balzak, yozuvchi
1:00. Uyg‘onish va qahva ichib ishlash. Balzak kuniga 50 finjon qahva ichgan.
8:00. Uyquga yotish.
9:30. Nonushta.
10:00. Ish va qahva. Ba’zan Balzak qahva kukunining o‘zini chaynash bilan kifoyalangan.
16:00. Sayr.
17.30. Dush qabul qilish.
18:00. Tushlik. Ba’zan Balzak tushlikni o‘z qo‘li bilan tayyorlagan.
19:00. Uyquga ketish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter