Motsartning haqiqiy yuz tuzilishi tiklandi

Volfgang Amadey Motsart (1756–1791)ning yuz tuzilishi qanday bo‘lgan? Uzoq yillik bu jumboqqa javob izlagan olimlar buyuk bastakorning tashqi ko‘rinishini tiklashdi, deb xabar berdi Daily Mail.
Motsartning aksariyat saqlanib qolgan portretlari uning vafotidan so‘ng yillar o‘tib qilingan ijod mahsuli, uning hayotligi chog‘ida chizilganlari esa bir-biridan keskin farq qiladi.
Yuz tuzilishini tiklash bo‘yicha sud-tibbiyot eksperti Sitseron Morayesning aytishicha, boshqa bir loyiha ustida ishlayotganida Motsartniki ekanligi aytilgan bosh chanog‘i tasodifan uning qo‘liga tushib qoladi. Tarixiy shaxslarning yuz tuzilishi ustida 10 yildan ko‘proq vaqtdan buyon shug‘ullanib kelayotgan Morayes va uning jamoasi fursatni boy bermay ishga kirishadi.
«Bosh chanog‘i, pastki jag‘ va ayrim tishlarning yo‘qligini aytmaganda, yaxshi saqlangan edi. Yetishmagan qismlarni statistik ma’lumotlar va anatomik muvofiqlik bo‘yicha tikladik», — dedi Morayes.
Tadqiqotchilar ishni bosh chanog‘ini virtual tiklashdan boshlagan, keyin yuzni to‘liq tiklash uchun turli texnikalar qo‘llanildi. Yumshoq to‘qimalar qalinligi markerlari va yuzlab katta yoshli yevropaliklarning o‘lchamlari asosida yuzning burun, lab, quloq va boshqa qismlariga aniqlik kiritildi.
«Qolaversa, anatomik deformatsiya texnikasini qo‘llab, virtual donor boshini Motsart bosh chanog‘iga mosladik. Bu mos keluvchi yuz qiyofasini yaratish imkonini berdi», — qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter