Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alkogol koronavirusdan asramaydi. Aksincha...

Alkogol koronavirusdan asramaydi. Aksincha...

Foto: «Pln-pskov.ru»

Alkogol COVID-2019 koronavirusi yuqishining oldini olishga yordam bermaydi. Eng yaxshi chora — gigiyena qoidalariga amal qilish hisoblanadi, deydi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti rasmiy vakili Tarik Yazarevich «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.

«Yo‘q. O‘tkir spirtli ichimlik yoki har qanday turdagi alkogol iste’mol qilish COVID-2019 yuqishining oldini oluvchi samarali vosita hisoblanmaydi. Aksincha, ko‘p miqdorda alkogol ichish alkogoldan zaharlanishga olib kelishi mumkin», — deydi mutaxassis.

Yazarevichning ta’kidlashicha, odam o‘zini himoya qilish uchun eng samarali chora — JSSTning gigiyena bo‘yicha tavsiyalariga amal qilishdir.

Tashkilot vakilining fikricha, virus haqida hali ko‘p narsa ma’lum emas, shu bois har qanday odam kasallanib qolishi mumkin. Ayniqsa, keksalar, diabet yoki yurak kasalliklaridan qiynalayotganlar katta xavf ostida — ularda virus jiddiy shaklda rivojlanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring