Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov 1000 ta oilaga 2,5 mln. so‘mdan berdi

Alisher Usmonov 1000 ta oilaga 2,5 mln. so‘mdan berdi

Milliarder Alisher Usmonov Marhamat tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Marhamat tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida mamlakatimizda pandemiya davrida aholining kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qismiga hamyurtimiz Alisher Usmonov tomonidan berilgan moliyaviy yordam mablag‘lari yo‘naltirilgan bank kartalari bugun «O‘zmilliybank» aksiyadorlik jamiyati xodimlari, tuman hokimligi vakillari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda, tumanimizdagi 48 ta mahalla fuqalolar yig‘inidan haqiqatdan ham ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan 1000 ta oilaning har biriga 2,5 mln so‘mdan, jami 2,5 mlrd so‘m yetkazib berildi», — deyiladi tuman hokimligi tarqatgan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring