Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Albert Shveyser» xalqaro oltin ordeni sovrindori Turg‘unpo‘lat Daminov vafot etdi

«Albert Shveyser» xalqaro oltin ordeni sovrindori Turg‘unpo‘lat Daminov vafot etdi

Tibbiyot sohasida taniqli olim, fan arbobi Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovich 81 yoshida vafot etdi.

Daminov Turg‘unpo‘lat Obidovich 1945-yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 1964-yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Uzoq yillar davomida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida turli rahbar lavozimlarda ham faoliyat olib borgan, ko‘plab yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan.

«Do‘stlik» va «El-yurt hurmati» ordenlari, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor» faxriy unvoni, «Mustaqillikning 15 yilligi» ko‘krak nishoni hamda «Albert Shveyser» xalqaro oltin ordeni bilan mukofotlangan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Polsha Tibbiyot akademiyasining haqiqiy a’zosi.

T. Daminovning olim, yetuk mutaxassis sifatidagi ilmiy faoliyati nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro hamjamiyatda ham munosib e’tirof etilgan. U tibbiyotning «Pediatriya» va «Yuqumli kasalliklar» kabi muhim yo‘nalishlarda ham o‘ziga xos maktab yaratgan.

«Xabar» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring