AKT vazirligi binosi sotuvga qo‘yildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joylashgan bino auksion savdolari (e-auksion) orqali sotuvga chiqarildi.
Ushbu ma’muriy bino (balansda saqlovchi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan.
Savdo o‘tkazish sanasi 06.06.2022 yil etib belgilangan. Boshlang‘ich narxi – 66,5 mlrd. so‘m.
Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan AKT vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning bir qator davlat mulki ob’yektlari ham auksion savdolariga chiqarilgan.
Jumladan:
Toshkent shahar, Qirq qiz ko‘chasi, 10a-uy manzilida joylashgan ma’muriy bino (balansda saqlovchi: «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi» DM, savdo o‘tkazish sanasi 06.06.2022 y., boshlang‘ich narxi 18,5 mlrd. so‘m.
Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 3-kichik tuman Navro‘z ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar (balansda saqlovchi: UNICON.UZ DUK, savdo o‘tkazish sanasi 30.06.2022 y., boshlang‘ich narxi 2,768 mlrd. so‘m.
Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, S.Raximov ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan Surxondaryo RTUM ob’yekti (balansda saqlovchi: «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK, savdo o‘tkazish sanasi 09.06.2022 y. boshlang‘ich narxi 677,4 mln. so‘m.
Eslatib o‘tamiz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi quyi tashkilotlar IT-park hududiga ko‘chiriligi avvalroq ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter