Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi Andijon viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi

AKT vazirligi Andijon viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi

Andijon viloyati, Xonobod shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolardan 25 ta murojaatning 10 tasi mobil aloqa masalalari bo‘yicha tushgan bo‘lsa, qolgan 15 tasi telekommunikatsiya, radio va televideniye, axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish, litsenziya olish tartibi, Wi-Fi zona yaratish to‘g‘risida murojaatlar bildirildi. 16 ta murojaat ijobiy hal qilindi va 9 ta murojaat nazoratga olindi.

Shu bilan birga, viloyatning Xonobod shahrida «5 ta muhim tashabbus» doirasida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi, yangi tashkil etilgan COWORKING markazi, Xonobod shahridagi informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan va 2021-yilda foydalanishga topshiriladigan 1-sonli umumta’lim maktabi, Xonobod shahrini 2020-yil yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasiga kiritilgan loyihalar ijrosi bilan joylarga chiqib tanishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring