Nukusdagi ommaviy qabulda 400 ga yaqin masala yechimini topdi (foto)
Nukus shahrida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida Jo‘qorg‘i Kenges raisi va sektorlar rahbarlarining ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Murojaatlarning aksariyati mehnat va bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kredit olish, uy-joy ta’miri bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Ommaviy qabulda 586 nafar murojaatchining 616 ta masalasi ko‘rib chiqilib, ularning 382 tasi joyida hal qilindi, qolgan masalalarni o‘rganish-u yechim topish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib nazoratiga olindi.
Orolbo‘yining boshqa hududlarida ham Qoraqalpog‘istondagi sektorlar rahbarlarining ochiq-jonli muloqotlari tashkil qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter