Nohaq haydalgan IIB xodimi 6,5 yildan keyin ishga tiklandi
Rishtonlik Bahodir Jiyanboyev Rishton tuman ichki ishlar tizimida ishlagan paytida 2015 yil oxirlarida nohaq ishdan bo‘shatilgandi.
Ko‘p yillik kurashlardan so‘ng Farg‘ona viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2022 yil 18 yanvardagi ajrimi asosida uni 2015 yilda xizmatdan bo‘shatish haqidagi buyruq g‘ayriqonuniy deb topilgan va serjant Jiyanboyev Rishton tumani ichki ishlar bo‘limi katta inspektori lavozimiga ishga tiklangan. Shuningdek, oradagi 6,5 yillik uzilish xizmat muddatiga qo‘shilgan, unga majburiy yurgan progullari uchun 372 million so‘m ish haqi va ma’naviy zarar qoplab berilgan.
Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan «Ommaviy qabullar uch oyligi» doirasida bir qator mutasaddi tashkilotlar tomonidan yuqoridagi kabi yuzlab murojaatlar ko‘rib chiqilgan, joyida yechimi topilgan, ayrimlari keyingi rejalarga kiritilgan.
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri, O‘zbekiston, Dang‘ara, Furqat, Beshariq, Bog‘dod, Buvayda, Rishton, Uchko‘prik va So‘x tumanlari aholisi qamrab olingan ikki kunlik ommaviy qabullarda 1 ming 61 ta masala ko‘rib chiqilib, ularning 459 tasi joyida hal qilingan. 219 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 383 ta murojaatni hal qilish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olingan.
Farg‘ona viloyatidagi ommaviy qabullar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter