Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziriga yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha maslahatchi tayinlandi

AKT vaziriga yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha maslahatchi tayinlandi

Kamola Shavkatovna Sobirova O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

U AKT vazirligida yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Kamola Shavkatovna Sobirova (Rahmonova) 1983 yil 13 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Faoliyatini 2001 yili O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» kanalida tarjimonlikdan boshlab, turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda mas’ul vazifalarda davom ettirgan.

U rus, ingliz va ispan tillarini biladi. Oilali. 4 nafar farzandi bor.

Qayd etish lozim, vazirlikning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sherzod Axmatov o‘z lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring