Agrobank Forishdagi korxonaga press-tur uyushtirdi (foto)
Agrobank – yirik quvvatlar, zamonaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy samaradorlik mavzusida press-tur o‘tkazdi.
Jizzax viloyati Forish tumanidagi «Basalt wool» MChJ bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqaradi.
Yaqinda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida ushbu korxonaga press-tur uyushtirildi va Agrobankning moliyaviy ko‘magi asosida ish yuritayotgan zamonaviy «Basalt wool» MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
Mazkur korxona faoliyatini moliyaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida bank tomonidan 41 mln evro miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 31 000 000 AQSh dollar bo‘lib, yiliga 32 000 tonna mineral plitalar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qurilishda ishlatiladi.
Korxona ish faoliyatini boshlashi natijasida hududdagi 95 nafar ishsiz aholi vakillari o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari korxona tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter