Agentlik bayonot bilan chiqdi – arzon uylarning DXM orqali berilishi boshlanmagan
Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi farmoniga muvofiq 2020 yil 1 martdan boshlab DXMlar yoki my.gov.uz portal orqali fuqarolarga subsidiyalar berish uchun ariza qabul qilishi nazarda tutilgan.
Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi masala yuzasidan tushunmovchiliklar ko‘paygani sabab, ayrim jihatlar yuzasidan tushuntirish berdi.
Subsidiyalar ma’lum toifadagi fuqarolar uchun uylarni bozor narxida xarid qilishga beriladi. Ya’ni, arzon uylarga hech qanday aloqasi yo‘q.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 103-son qaroriga asosan 2017 – 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida talabgorlarni tanlash bo‘yicha tuman (shahar) hokimligi huzuridagikomissiya subsidiya tayinlash bilan shug‘ullanmaydi.
Lekin, farmon chiqishi bilan arzon uy-joylar dasturi yopilmagan. Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari bo‘yicha qonunchilikda o‘zgartirish kiritilmagan.
Arzon uy-joy uchun navbatlar DXMlar orqali o‘zgartirilmaydi, Markazni bu masalaga aloqasi yo‘q. Mazkur masalada mahalliy hokimiyatlarga murojaat etish lozim.
Endi subsidiya haqida qisqacha:
Farmonga ko‘ra ushbu subsidiyalar kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslargaipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Farmonda subsidiya to‘lash sxemasi ko‘rsatib o‘tilgan.
Biroq, subsidiya tayinlash uchun fuqarolar aniq mezonlar doirasida tanlab olinadi va ulardan ariza bilan birgama’lum hujjatlar jamlanmasini taqdim etish talab qilinadi.
Ushbu mezonlar, aniq muddatlar va tasdiqlovchi hujjatlar jamlanmasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanishi kerak va shundan so‘ng ushbu xizmat to‘liq ishga tushiriladi.
Biroq, hozirda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Markazlarda ariza qabul qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
Qaror qabul qilingandan keyin subsidiya oluvchilarni tanlab olish mezonlari tasdiqlanadi. Faqat qaror chiqishini kutish kerak.
P.S. Subsidiyani to‘lash mezonlari tasdiqlanganidan so‘ng, DXM rasmiy kanalida bu haqida zudlik bilan ma’lumot joylashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter