Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi piyodalarning maxsus kiyimi bo‘yicha xabarlarga izoh berdi

Adliya vazirligi piyodalarning maxsus kiyimi bo‘yicha xabarlarga izoh berdi

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar hamda yo‘lni ta’mirlashga mas’ul xodimlar qorong‘ida nur qaytargichli kamzulda bo‘lishi kerakligi belgilangan.

Mazkur talab boshqa shaxslarga, shu jumladan piyodalar uchun majburiy emas, deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, qonunchilikda piyodalar qorong‘ida harakatlanayotganda nur qaytaruvchi ustki kiyimda bo‘lishini targ‘ib qilish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yo‘laklarda harakatlanuvchi piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etilishi bo‘yicha xabar tarqalgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring