Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Xabar.uz

Muhammadiyev Aktam Zayniddinovich Adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

A. Muhammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

A. Muhammadiyev o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas’ul lavozimlarida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring