Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

Prezident qaroriga muvofiq, Muzraf Ikromov  adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

M. Ikromov 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (kunduzgi), 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

2019-yildan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Oilali. 3 nafar farzandi bor.

***

Prezident qaroriga muvofiq Bahrom Qo‘chqorov adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

B.Qo‘chqorov 1972-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 1998-yilda Vashington huquq kollejini (AQSh), 1999-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, mutaxassisligi yurist, iqtisodchi.

B. Qo‘chqorov o‘z mehnat faoliyatini 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qonun va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

2017-yildan 2020-yil 5-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

Oilali. 4 nafar farzandi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring