Adliya vaziri o‘rinbosari 20 ta odamga shifoxonaga bepul yo‘llanma berdi
20 avgust kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji binosida Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida yashovchi fuqarolar hamda tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazgan.
Sayyor qabulda mutasaddi davlat organlari va tashkilotlaridan mas’ul mutaxassislar ishtirok etgan. Tadbir davomida jami 69 fuqaro qabul qilinib, shundan 15 nafariga huquqiy tushuntirish berilgan. 30 fuqaroning murojaatlari joyida hal etilgan va 24 fuqaroning murojaatlari yozib olingan.
Shuningdek, sayyor qabul davomida 10 fuqaroga yurish moslamasi va nogironlik aravachasi hamda 20 fuqaroga shifoxonada bepul davolanish uchun yo‘llanmalar berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter