Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 oylik farzandini 5 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

8 oylik farzandini 5 000 AQSh dollariga  sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Voqelik Andijonda sodir bo‘ldi. Hali yigirmaga ham to‘lmagan J.A. (oilali) 2019-yilda tug‘ilgan qiz farzandini sotishga qaror qildi. Xaridor ham ko‘p kuttirgani yo‘q, taklif qilingan pul ham chakki emasdek: 5 (besh) ming AQSh dollari!

Biroq «xaridor» uning jinoyatini fosh qiluvchi shaxs ekanini qaydan bilsin?! Pullarni olar ekan, go‘dakka qo‘shib tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani berayotganida naq jinoyat ustida, boz ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushsami?!

Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahkama huzuridagi departament ma’lumotlariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yosh onaning bunday jinoyatga qo‘l urishi sabablariga tergov jarayonida oydinlik kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring