331 millionlik «inomarka» yoki surxonlik xaridorning hasrati
Surxondaryo viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasiga Termiz tumanida yashovchi A.F. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unga ko‘ra, fuqaro 2023-yil 14-fevral kuni Chery rusumli avtomashina sotib olish ADM Jizzakh MChJ uchun bilan shartnoma tuzgan va 331 900 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, avtomobil shu yilning 15-may kuniga qadar yetkazilishi belgilangan bo‘lsa-da, mashinadan hech qanday darak bo‘lmagan.
Holat bo‘yicha hududiy birlashma xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, MChJ tomonidan Chery rusumli avtomobil qisqa muddatda iste’molchiga yetkazib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter