«270 ming dollarlik» firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
![«270 ming dollarlik» firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3622769628.jpg)
Toshkent shahrining Chilonzor tumani IIO FMB xabar berishicha, tanishining katta miqdordagi pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Aytilishicha, 2022-yilning may oyidan oktyabr oyiga qadar 22 yoshli Anvar tanishi 23 yoshli Bositxonga qandolat mahsulotlarini sotish orqali tadbirkorlik qilishlarini va’da qilgan hamda bo‘lib-bo‘lib jami 270 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter