Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

24 ta tumanda geologiya ishlarini o‘tkazishga 100 milliard so‘m ajratiladi

24 ta tumanda geologiya ishlarini o‘tkazishga 100 milliard so‘m ajratiladi

Foto: «Biznes-gazeta.ru»

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Har bir hududda uy-joy qurilish klasterlari tashkil etiladi. Ushbu klasterlarda xom ashyodan tortib tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish zanjiri, loyihalashtirish, zamonaviy texnika va malakali mutaxassislari bor qurilish tashkiloti, sifatni nazorat qilish laboratoriyasi bo‘lishi shart.

Kelgusi yilda uy-joy qurilish klasterlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million dollar resurs jalb qilishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, mavjud xom ashyo yoki yirik korxonalar atrofida qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Forish, Sariosiyo, Buloqboshi, Qorovulbozor, Paxtachi, Chust, O‘zbekiston, Ohangaron va boshqa tumanlarda yangi tashkil etiladigan klasterlar infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi.

Kelgusi yilda qurilish materiallariga ixtisoslashgan 24 ta tumanda geologiya ishlarini o‘tkazishga 100 milliard so‘m ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring