23-mart. Vengriya mustaqillikka erishdi, elektr lampochkasi uchun patent, darvoza to‘rlari, Mejdurechensk fojiasi va boshqa muhim voqealar
Bayram va muhim sanalar
- Jahon meteorologiya kuni.
Voqyea-hodisalar
- 1841-yil — Richard Bierd Londonda Yevropadagi birinchi fotoateleni ochdi. Bir yil avval shunga o‘xshash muassasa Aleksandr Uolkott tomonidan Nyu-Yorkda ishga tushirilgandi.
- 1848-yil — Vengriya Avstriyadan mustaqil bo‘lib chiqdi.
- 1876-yil — rus muhandisi Pavel Yablochkov elektr lampochkasi uchun patent oldi.
- 1891-yil — futbol darvozalarida ilk marta to‘r ishlatildi. O‘shanda Angliyada mamlakatning Shimol va Janub terma jamoalari maydonga tushgandi.
- 1956-yil — birinchi islom respublikasi — Pokiston yuzaga keldi.
- 1983-yil — sobiq ittifoqning ultrabinafsha teleskopi — «Astron» ishga tushirildi.
- 1994-yil — «Aeroflot» aviakompaniyasining «A-310» samolyoti Mejdurechensk osmonida halokatga uchradi.
- 2001-yil — «Mir» orbital stansiyasi Tinch okeanining janubida, Fiji orollari yaqinida cho‘ktirib yuborildi.
- 2007-yil — «Transaviaeksport» aviakompaniyasining «Il-76» samolyoti Mogadishoda halokatga uchradi.
Tavallud kunlari
- 1749-yil — Per-Simon Laplas, fransuz astronomi, matematik (1827-yili v.e.).
- 1881-yil — Roje Marten dyu Gar, fransuz yozuvchisi, 1937-yilgi Nobel mukofoti laureati (1958-yili v.e.).
- 1887 -yil — Xuan Gris, ispan rassomi va haykaltaroshi, kubizm asoschilaridan biri (1927-yili v.e.).
- 1910-yil — Akira Kurosava, yapon kinorejissyori (1998-yili v.e.).
- 1912-yil — Verner fon Braun, nemis olimi, raketasozlik asoschisi (1977-yili v.e.).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter