21-aprel. Rim va Romul, Bobur Hindistonda, «qora polkovniklar», Pokistonning ma’naviy otasi va boshqa muhim voqealar
![21-aprel. Rim va Romul, Bobur Hindistonda, «qora polkovniklar», Pokistonning ma’naviy otasi va boshqa muhim voqealar](https://static.xabaruz.com/crop/7/4/720_460_95_747924865.jpg)
Bayram va muhim sanalar
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashkil topgan kun (O‘zbekiston).
- Tiradentes kuni (Braziliya). 1792-yili portugallar Braziliya mustaqilligi uchun kurashgan Tiradentes(Juakin Joze da Silva Shaver)ni qatl etishgan.
- Rimga asos solingan kun (Italiya).
- Daraxt ekish kuni (Keniya).
- Iqbol kuni (Pokiston). 1938-yilning 21-aprel kuni Musulmon ligasi prezidenti Muhammad Iqbol olamdan o‘tgan. Iqbol Pokistonning ma’naviy otasi sanaladi.
Voqea-hodisalar
- 753 yil (mil. av.) — shu kuni Romul Rimga asos solgan deb hisoblashadi.
- 1519 yil — ispan konkistadori Ernan Kortes kemasi Meksika qirg‘og‘iga langar tashladi.
- 1526 yil — Panipatdagi birinchi jang. Bobur qo‘shini Ibrohim Lo‘diy qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi.
- 1782 yil — qirol Buddxa Yodfa Chulalok Siam(Tayland)ning yangi poytaxtiga asos soldi. U bizga Bangkok nomi bilan tanish.
- 1809 yil — Landsxut jangi. Hozirgi Bavariyaga qarashli yerlarda kechgan bu jangda Napoleon Bonapart boshchiligidagi 77 ming kishilik fransuz qo‘shini 36 ming askarga ega Avstriya armiyasini tor-mor etgan.
- 1863 yil — London metrosi ochildi.
- 1898 yil — Ispaniya-Amerika urushi boshlandi. AQSh floti Kuba portlarini qamal qilishni boshladi.
- 1944 yil — Fransiyada ayollar saylovda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
- 1960 yil — Brazilia Braziliyaning yangi poytaxtiga aylandi. Bungacha Rio-de-Janeyro poytaxt edi.
- 1964 yil — Britaniyaning «BBC 2» televizion kanali translyasiyasi boshlandi.
- 1967 yil — Gretsiyada umumxalq sayloviga bir necha kun qolganida polkovnik Georgios Papadopulos harbiy to‘ntarishni amalga oshirdi. «Qora polkovniklar» rejimi o‘rnatildi va 1974 yil iyuligacha hukumat tepasida bo‘ldi.
- 1975 yil — Vetnam urushi: Janubiy Vetnam prezidenti Nguyen Van Txiyeu poytaxt Saygondan qochib jon saqlaydi. Shimoliy Vetnam armiyasi Janubiy Vetnam poytaxtini egallash yo‘lidagi so‘nggi istehkomni egalladi.
- 1992 yil — Toshkentda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashkil topdi.
- 2000 yil — Rossiya Davlat dumasi yadroviy sinovlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi.
Tavallud kunlari
- 1619 yil — Yan van Ribeyek, Keyptaunga asos solgan holland.
- 1782 yil — Fridrix Fryobel, nemis pedagogi, «bolalar bog‘chasi»ga asos solgan.
- 1816 yil — Sharlotta Bronte, ingliz yozuvchisi.
- 1830 yil — Jeyms Starli, angliyalik velosiped ixtirochisi.
- 1837 yil — Fredrik Bayer, daniyalik siyosatchi, Tinchlik byurosi asoschisi, Nobel tinchlik mukofoti laureati.
- 1843 yil — Valter Fleming, nemis anatomi, sitogenetika asoschisi.
- 1864 yil — Maks Veber, nemis sotsiologi, zamonaviy sotsiologiya asoschilaridan biri.
- 1915 yil — Entoni Kuinn, amerikalik aktyor, ikki karra «Oskar» sohibi.
- 1926 yil — Yelizaveta II, Buyuk Britaniya qirolichasi.
- 1947 yil — Paolo Koelo, braziliyalik yozuvchi va shoir.
- 1959 yil — Abdulla Yamin, Maldiv Respublikasi prezidenti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter