Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yildan qator sohalarga yangi talab kiritiladi

2023-yildan qator sohalarga yangi talab kiritiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda ijtimoiy soha ob’yektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga kelgusi yil Investitsiya dasturi mablag‘larining kamida 15 foizini shunday qurilmalarni o‘rnatishga yo‘naltirish topshirildi.

Bunda, yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1 ming maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda, 1 ming mahallada tashkil etilayotgan yangi tibbiyot punktlarida, 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi.

Shu bilan birga, 2023-yildan:

  • savdo-ko‘ngilochar komplekslar, madaniyat va istirohat bog‘lari, restoranlar, mehmonxonalar;
  • supermarketlar, do‘konlar, bozorlar, savdo omborlari;
  • avtomobillarga gaz va yoqilg‘i quyish stansiyalari;
  • aeroport, temir yo‘l va avtobus vokzallari;
  • xususiy ta’lim va tibbiyot tashkilotlari;
  • tijorat banklari va ularning filiallari kamida 25 foiz issiq suv iste’moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladi.

Yig‘ilishda shular bilan birga:

  • barcha viloyat, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma va bo‘limlarida hamda jazoni ijro etish muassasalarida;
  • barcha tuman soliq inspeksiyalari va viloyat soliq boshqarmalarida;
  • barcha viloyat, tuman va shahar prokuraturalari, Bosh prokuratura Departamenti va Majburiy ijroning boshqarma va bo‘limlarida;
  • barcha viloyat, tuman va shahar adliya idoralari, davlat xizmatlari markazlari, FHDYo bo‘limlarida;
  • barcha viloyat, shahar va tuman moliya, g‘azna, pensiya idoralari, sug‘urta tashkilotlarida;
  • kamida 1 mingta mahalla idorasi binolarida muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

Bugungi yig‘ilishda belgilab berilgan chora-tadbirlar hisobiga joriy yilning o‘zida muqobil energiya manbalari qurilmalarining qo‘shimcha 1 trillion so‘mlik bozori yaratiladi.

Shu munosabat bilan har bir viloyatda kamida 1 tadan shunday qurilmalarni ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring