2022-yilda ish haqi, pensiya miqdori oshiriladi
2022-yilda davlat qarzlarini so‘ndirish xarajatlari 10 trln so‘mdan ortiq, shu jumladan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar 4 trln so‘mdan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trln so‘m, ta’lim kreditini moliyalashtirishga 1 trln so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari uchun 600 mlrd so‘m ajratiladi.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun xarajatlarga 1,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter