Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

20-aprel. «Uzoq parlament», birinchi detektiv, Murodobodga yog‘ilgan balo, Surxob zilzilasi, Maykl Jordan, Erik Kantona va boshqa voqealar

20-aprel. «Uzoq parlament», birinchi detektiv, Murodobodga yog‘ilgan balo, Surxob zilzilasi, Maykl Jordan, Erik Kantona va boshqa voqealar

Foto: «Myslo»

Bayramlar va muhim sanalar

  • Xitoy tili kuni (XXR).
  • Milliy donor kuni (Rossiya).

Voqea-hodisalar

  • 1534 yil — fransuz tadqiqotchisi Jak Kartening Kanadaga ekspeditsiyasi boshlandi.
  • 1653 yil — Oliver Kromvel Angliyadagi «Uzoq parlament»ni tarqatib yubordi.
  • 1656 yil — Rossiyada mis pullar (kumush o‘rniga) paydo bo‘ldi.
  • 1770 yil — Jeyms Kuk Yangi Janubiy Uels(Avstraliya)ni kashf etdi.
  • 1792 yil — Fransiya Vengriya va Bogemiya qiroliga qarshi urush e’lon qildi. Inqilobiy urushlarning boshlanishi.
  • 1794 yil — Parijda sobiq mer, astronom Jan de Saron qatl etildi.
  • 1809 yil — Avstriya qo‘shini Abesberg jangida Napoleon armiyasidan yengildi.
  • 1832 yil — peterburglik akusher Andrey Volf Rossiyada birinchi bo‘lib qon quyishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
  • 1841 yil — birinchi detektiv hikoya — Edgar Alan Poning «Morg ko‘chasidagi qotillik» asari chop etildi.
  • 1865 yil — xavfsiz gugurtlar paydo bo‘ldi.
  • 1866 yil — «materializm targ‘ib qilingani uchun» Ivan Sechenovning «Bosh miya reflekslari» kitobi chiqarilishi to‘xtatib qo‘yildi.
  • 1871 yil — Tokio va Osaka o‘rtasida Yaponiyadagi birinchi zamonaviy pochta aloqasi yo‘lga qo‘yildi.
  • 1888 yil — Murodobod(Hindiston)da rekord darajada do‘l yog‘ishi 246 kishini hayotdan olib ketdi.
  • 1902 yil — er-xotin Mariya va Per Kyuri toza radiy olishni uddalashdi. Atom asri boshlandi.
  • 1910 yil — Galley kometasi Yerga maksimal darajada yaqinlashdi.
  • 1918 yil — Germaniya qo‘shini Qirimga bostirib kirdi.
  • 1920 yil — Antverpen(Belgiya)da VII olimpiya o‘yinlari boshlandi.
  • 1922 yil — Gruziya SSR tarkibida Janubiy Osetiya avtonom viloyati tashkil etildi.
  • 1924 yil — Turkiya konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1935 yil — jurnalist Uorren Hillning tashabbusi bilan Amerika radiosida dunyodagi birinchi xit-parad paydo bo‘ldi.
  • 1938 yil — Ukraina SSRda rus tilini barcha maktablarda majburiy o‘qitish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
  • 1940 yil — AQShda birinchi elektron mikroskop namoyish etildi.
  • 1941 yil — Tojikistonning Surxob daryosi vodiysida ro‘y bergan zilzila 60 dan ortiq aholi punktini vayron qildi.
  • 1942 yil — Germaniyada yahudiylarning jamoat transportidan foydalanishi taqiqlandi.
  • 1942 yil — Ikkinchi jahon urushi: Moskva uchun kurash nihoyasiga yetdi.
  • 1949 yil — Tinchlik tarafdorlarining I jahon kongressi bo‘lib o‘tdi.
  • 1959 yil — «Il-18» yo‘lovchi samolyoti parvozga qo‘yildi.
  • 1972 yil — «Apollon-16» kosmik kemasi Oyga qo‘ndi. Oyga beshinchi marta inson qadami yetdi.
  • 1983 yil — «Soyuz T-8» kosmik kemasi uchirildi.
  • 1986 yil — basketbol yulduzi Maykl Jordan bitta o‘yinda 63 ochko ishlab, NBA pley-off o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
  • 1990 yil — Chexoslovakiya Chexo-Slovakiya deya qayta nomlandi.
  • 1994 yil — Toshkentda 1992 yili imzolangan MDH davlatlarining Kollektiv xavfsizlik shartnomasi kuchga kirdi.
  • 1996 yil — fransuz futbolchisi Erik Kantona Angliyada yil o‘yinchisi deb e’lon qilindi.
  • 1998 yil — «Intel» kompaniyasi «Pentuim II Xeon» protsessorlari taqdimotini o‘tkazdi.
  • 1999 yil — «Kolumbayn» maktabida ommaviy qotillik sodir etildi; 36 kishi jarohatlandi, shundan 13 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
  • 2005 yil — Zambiyada mis konida yuz bergan portlashdan 46 inson vafot etdi.
  • 2010 yil — Meksika ko‘rfazining AQSh qirg‘oqlari yaqinida o‘rnatilgan «Deepwater Horizon» neft platformasining portlashi texnogen halokatni keltirib chiqardi. Portlash payti bu yerda ishlovchi 126 kishining 11 nafari halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi. Shikast yetgan neft quvurlari orqali 152 kun davomida taxminan 5 million barrel neft okeanga sizib chiqdi. Paydo bo‘lgan neft dog‘i 75 ming kvadrat kilometr maydonni egalladi.

Tavallud kunlari

  • 429 yil — Szu Chunchj, xitoylik matematik va astronom.
  • 1633 yil — Go-Komyo, Yaponiyaning 110-imperatori.
  • 1650 yil — Feliche Bozelli, italyan rassomi.
  • 1808 yil — Napoleon III, Fransiya imperatori.
  • 1840 yil — Odilon Redon, fransuz rassomi, simvolizm asoschilaridan biri.
  • 1904 yil — Ma’murjon Uzoqov, O‘zbekiston xalq hofizi.
  • 1909 yil — Muzayyana Alaviya, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
  • 1918 yil — Kay Sigban, shved fizigi, Nobel mukofoti laureati.
  • 1927 yil — Karl Myuller, shveysariyalik fizik, Nobel mukofoti laureati.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring