2 yil o‘tib, Yevropaning go‘zal shahriga parvozlar tiklandi
Oradan 2 yil o‘tib, «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent - Parij - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar qayta tiklanganini ma’lum qildi.
Ilk parvozlar 29 apreldan 10 iyungacha davom etadi. Fransiyaga uchishni istaganlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari parvoz qilishlari mumkin.
«Toshkent - Parij yo‘nalishidagi chiptalar narxi 4 038 862 so‘m (yuksiz) va 4 777 879 so‘mdan (yuk bilan) boshlanadi. Toshkent - Parij - Toshkent yo‘nalishi esa 7 582 047 so‘mdan (yuksiz) va 8 772 182 so‘mdan (yuk bilan) boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter