Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida 18 ming oila saqlab qolindi

Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida 18 ming oila saqlab qolindi

Respublikamizda oilalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Oliy sud o‘rtasida Memorandum imzolangan.

Unga ko‘ra respublikamizning barcha hududlarida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yakka tartibda ishlar yo‘lga qo‘yildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — jiddiy o‘ylamasdan ajrashishga qaror qabul qilishning (oilaviy hayetga uchinchi tarafning aralashuvi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik va shunga o‘xshash) oldini olish va eng avvalo, farzandlar manfaatlarini himoya qilishdir.

Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, joriy yil davomida 24 ming 53 ta oilalarning 18 ming 97 tasi (75,2 foizi) jamoatchilik vakillari tomonidan yarashtirildi.

Shu bilan birga oilada zo‘ravonlik holatlari bo‘lib, ayol hayetiga tahdid solsa, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, oila qonuniy ajrashtiriladi va ayol va farzandlar manfaatlari ta’minlanadi.

Joylarda FHDYo organlari qoshida «Oila dorilfununlari» tashkil qilinib, ularda nikohlanuvchi yoshlar uchun 1 oylik o‘quvlar tashkil qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring