18-aprel. Birinchi raqamli polyak, Angliyaning «quldorlik» parlamenti, Daniyada topilgan «barmoq izi», San-Fransiskoni yer bilan tekislagan zilzila va boshqa voqealar
![18-aprel. Birinchi raqamli polyak, Angliyaning «quldorlik» parlamenti, Daniyada topilgan «barmoq izi», San-Fransiskoni yer bilan tekislagan zilzila va boshqa voqealar](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1273454988.jpg)
Bayram va muhim sanalar
- Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylar kuni (YuNESKO).
- Jahon radiohavaskorlar kuni.
- Mustaqillik kuni (Zimbabve).
- Armiya kuni (Eron).
- Salomatlik kuni (Kiribati).
- Tarixiy va madaniy yodgorliklar kuni (Ukraina).
Voqea-hodisalar
- 1025-yil — poytaxt shahar Gneznoda Polshaning birinchi qiroli Boleslav I taxtga o‘tirdi.
- 1521-yil — Vorms kongressi Martin Lyuter ishini ko‘rishni boshladi.
- 1790-yil — Kernikoski jangi. Rossiya-Shvetsiya urushi (1788 — 1790-yillar) davomidagi bu jangda rus armiyasi tor-mor etildi.
- 1791-yil — Angliya parlamenti Afrika koloniyalarida qullikni bekor qilish taklifini rad etdi.
- 1846-yil — amerikalik Royal Haus telegraf apparati uchun patent oldi.
- 1847-yil — Serro-Gordo bo‘sag‘asidagi jang AQSh-Meksika urushida burilish yasadi.
- 1853-yil — Osiyodagi birinchi temiryo‘l ochildi (Bombey —Tanna, 36 kilometr).
- 1902-yil — jinoyatchini aniqlashda daktiloskopiya(barmoq izi)dan ilk marta Daniyada foydalanildi.
- 1906-yil — San-Fransiskoda AQSh tarixidagi eng kuchli zilzilalardan biri sodir bo‘ldi. Shahardagi binolarning 80 foizi 7,7 balli yer silkinishidan vayronaga aylandi, 250-300 ming inson boshpanasiz qoldi. Qurbonlar soni — qariyb 3 ming kishi.
- 1922-yil — Moskvada MKS (Moskovskiy krujok sporta) — hozirgi «Spartak» futbol klubiga asos solindi.
- 1923-yil — Misrda konstitutsiya qabul qilindi.
- 1925-yil — Xalqaro radiohavaskorlar ittifoqi tuzildi.
- 1927 yil — Leningrad ixtirolar bo‘yicha qo‘mitasi sun’iy nafas berish asbobini patentladi.
- 1927-yil — Chan Kayshi Nankinda «Milliy hukumat»ni shakllantirdi.
- 1941-yil — dunyodagi birinchi seriyali ishlab chiqarilgan reaktiv samolyot — «Messershmitt Me.262» ilk parvozini amalga oshirdi.
- 1942-yil — Ikkinchi jahon urushi: Amerika aviatsiyasining Tokioga ilk havo hujumi.
- 1943-yil — Ikkinchi jahon urushi: «Intiqom operatsiyasi» — AQSh harbiy havo kuchlari samolyotlari Yaponiya floti bosh qo‘mondoni admiral Yamamoto uchib ketayotgan samolyotga hujum uyushtirdi; admiral va uning shtabi a’zolari halok bo‘ldi.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: «Rur operatsiyasi»ning tugashi.
- 1946-yil — Birlashgan millatlar tashkiloti tashkil etilishi sababli Millatlar ligasi tarqatib yuborildi.
- 1949-yil — Irlandiya Britaniya hamdo‘stligi tarkibidan chiqdi va respublika deya e’lon qilindi.
- 1953-yil — Angliyada dunyodagi birinchi turbovintli samolyot tijoriy parvozini amalga oshirdi.
- 1980-yil — Buyuk Britaniya Zimbabve mustaqilligini tan oldi.
- 1982-yil — Zimbabve poytaxti Solsberining nomi Xarare deb o‘zgartirildi.
- 1988-yil — AQSh harbiy-dengiz kuchlari Eronga qarshi «Beshiktebratar» harbiy amaliyotini o‘tkazdi.
Tavallud kunlari
- 359-yil — Gratsian, G‘arbiy Rim imperatori (375 — 383 yillar).
- 1838-yil — Pol Emil Lekok de Buabodran, fransuz kimyogari, galliy, samariy va disproziy elementlarini kashf qilgan.
- 1892-yil — Boleslav Berut, Polsha (PXR) birinchi prezidenti (1947 — 1952-yillar).
- 1917-yil — Georgiy Vitsin, taniqli kino va teatr aktyori.
- 1947-yil — Jeyms Vuds, amerikalik aktyor.
- 1956-yil — Erik Roberts, amerikalik aktyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter