16-aprel. Nyuton — ritsar, «o‘lim kemasi», urushning so‘nggi qurbonlari, «sovuq urush», Magellan va Gagarin izidan hamda boshqa voqealar
![16-aprel. Nyuton — ritsar, «o‘lim kemasi», urushning so‘nggi qurbonlari, «sovuq urush», Magellan va Gagarin izidan hamda boshqa voqealar](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1982427872.jpg)
Bayram va muhim sanalar
- Politsiya xodimlari kuni (Armaniston).
- Birinchi konstitutsiya kuni (Bolgariya).
- Qirolicha Margrete tavalludi kuni (Daniya).
Voqea-hodisalar
- 1607-yil — inglizlar Virjiniyaga doimiy yashash uchun ko‘chib kela boshlashdi.
- 1705-yil — qirolicha Anna Isaak Nyutonga ritsarlik unvonini berdi.
- 1797-yil — Rossiya imperatori Pavel I ga toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
- 1848-yil — Gabsburglar imperiyasida qarollik bekor qilindi.
- 1862-yil — AQShdagi fuqarolar urushi: shimolliklar Yangi Orleanni zabt etishdi.
- 1863-yil — Fransiyada «Plongeur» — XIX asrning eng yirik suvosti kemasi suvga tushirildi.
- 1871-yil — Germaniya imperiyasi konstitutsiyasi qabul qilindi. Berlin imperiya poytaxtiga aylandi.
- 1906-yil — AQSh va Xitoy o‘rtasida suvosti kabeli yotqizish ishlari yakunlandi.
- 1912-yil — amerikalik Harriyet Kuimbi samolyotda La-Mansh ustidan uchib o‘tgan birinchi ayol bo‘ldi.
- 1922-yil — SSSR va Germaniya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Germaniyaning «Goyya» kemasi sovetlarning «L-3» suvosti kemasi tomonidan cho‘ktirib yuborildi. Misli ko‘rilmagan darajadagi bu halokat 6900 dan ortiq insonning umriga zomin bo‘lgan.
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi: Berlin operatsiyasining boshlanishi.
- 1947-yil — Janubiy Karolina senati yig‘ilishida amerikalik siyosatchi va moliyachi Bernard Barux birinchi bo‘lib «sovuq urush» iborasini qo‘lladi.
- 1948-yil — Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga asos solindi.
- 1964-yil — amerikalik uchuvchi Jeraldina Mok samolyotini G‘arbiy Germaniyaga qo‘ndirdi va Yer sharini aylanib chiqqan birinchi ayolga aylandi.
- 1992-yil — Afg‘oniston prezidenti Muhammad Najibullo tuzumining ag‘darilishi.
- 1996-yil — professional boks tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili — Artur Grigoryan jahon chempioni bo‘ldi. Germaniyaning Hamburg shahrida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz puerto-rikolik bokschi Antonio Riverni 12-raundda nokautga uchratdi.
- 2003-yil — Yaponiyaning «NTT» korporatsiyasi jamoat joylariga o‘rnatilgan 100 mingdan ziyod telefon-avtomatlarini yopishini ma’lum qildi. Bunga mamlakatda mobil aloqaning keng tarqala boshlagani sabab bo‘ldi.
- 2014-yil — Janubiy Koreya janubi-g‘arbiy qirg‘oqlarida «Sevol» paromi halokatga uchradi; 304 kishi nobul bo‘ldi.
Tavallud kunlari
- 1319-yil — Ioann II, Fransiya qiroli.
- 1660-yil — Hans Sloan, ingliz shifokori va tabiatshunosi. Uning kitoblari va jamg‘armalari asosida Britaniya muzeyiga asos solingan.
- 1844-yil — Anatol Frans, fransuz yozuvchisi, Nobel mukofoti laureati.
- 1867-yil — Uilber Rayt, ixtirochi, aviakonstruktor, mashhur aka-uka Raytlarning kattasi.
- 1889-yil — Charli Chaplin, ingliz va amerika aktyori, rejissyor, ssenariynavis.
- 1940-yil — Margrete II, Daniya qirolichasi.
- 1947-yil — Karim Abduljabbor, amerikalik basketbolchi.
- 1955-yil — Anri, Lyuksemburg buyuk gersogi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter